
- 23
- 13.11.2026 16:58:00
- 1 daq o'qish
Pekinda yaşovçi er-xotin Moyuan Sun hamda Luosi Syu ikki yil avval işlarini taşlab, dunyo böylab sayohatga otlangan. Juftlikning ilk manzili Indoneziya bölgan. Ular bu yerda musulmonlarning samimiyligi va mehmondöstligidan ta’sirlanib, Islom diniga qiziqa boşlagan.
Keyinçalik Turkiyaga safar qilgan er-xotin nafaqadagi Aysel va Abdurrahmon Akguç bilan tanişgan. Turk oilasi sayohatçilarni uyiga taklif qilib, mehmon qilgan. Mehmondorçilikdan söng ham ikki oila aloqani uzmagan. Aysel Akguç xitoylik ayolga Qur’on sovğa qilgan. Er-xotin esa Turkiyadan ketganidan keyin ham Islom dinini mustaqil örganişda davom etgan.
Oxir-oqibat musulmon bölişga qaror qilgan juftlik bu qadamni aynan Antaliyada qöyişni istab, şaharga yana qaytgan. Ular Akdeniz universiteti masjidida ötkazilgan marosimda Islomni qabul qilgan. Ularga Muhammad Murod va Laylo Betul ismlari berilgan.
Abdurrahmon Akguçning aytişiça, bir safar masjidga taşrif buyurganida Moyuan Sun şu qadar ta’sirlanganki, namozni köz yoşlari bilan ado etgan. Şuningdek, u Islomni qabul qilganidan keyin könglida xotirjamlik ortganini ta’kidlagan.
Turk oilasi xitoylik juftlikka öz farzandlaridek munosabatda bölib, ular bilan aloqani davom ettirmoqda. Akguçlar kelasi yil may oyida Xitoyga borib, Muhammad Murod va Laylo Betulni ziyorat qilişni rejalaştirmoqda.