AQShda Isroilni tanqid qilgan turkiyalik talaba qiz hibsga olindi

AQShda Isroilni tanqid qilgan turkiyalik talaba qiz hibsga olindi
  • 0
  • 29.03.2025 12:21:00
  • 1 daq o'qish

AQShning Massachusets shtatidagi Tufts universitetida doktoranturada o‘qiyotgan turkiyalik Rumeysa O‘zturk Isroilni tanqid qilgani uchun vizasi bekor qilinib, hibsga olindi. U Isroilning Falastinga hujumlarini qoralagan va universitetni Isroil bilan aloqador kompaniyalardan investitsiyalarini qaytarib olishga chaqirgan maqolaga yozgan. U seshanba kuni kechqurun do‘stlari bilan iftorlik qilish uchun ketayotgan vaqtida Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari uni qo‘lga olishgan. O‘zturkning advokati hibsga olish noqonuniy ekanligini aytib, sudga murojaat qilgan. Sud O‘zturkni 48 soat davomida shtatdan tashqariga olib chiqmaslikni buyurdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News