Turkish Airlines yo‘lovchilari Antaliyada tutun sababli evakuatsiya qilindi

Turkish Airlines yo‘lovchilari Antaliyada tutun sababli evakuatsiya qilindi
  • 0
  • 30.07.2025 16:17:00
  • 1 daq o'qish

Istanbuldan Antaliyaga uchgan Turkish Airlines’ning TK2430 reysi Boeing 777 samolyoti qo‘nganidan so‘ng, shassi atrofida tutun paydo bo‘ldi. Yong‘in xizmati buni sezib, yo‘lovchilarni shishma traplar orqali zudlik bilan evakuatsiya qilishni tavsiya qildi.

Aviakompaniya vakili Yahyo Ustunning ma’lum qilishicha, evakuatsiya muammosiz o‘tgan va hech kim jarohat olmagan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, tutun gidravlik tizimdagi nosozlik sababli chiqqan bo‘lishi mumkin. Samolyot texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Qaytish reysi boshqa samolyot orqali amalga oshiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News