🇹🇷 Turkiyaning ilk xususiy sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirildi

  • 5
  • 15.01.2025 11:21:00
  • 1 daq o'qish

 

FGN-100-d1 SpaceX kompaniyasining Falcon 9 Transporter-12 missiyasi bilan koinotga uchirildi. Muvaffaqiyatli Transporter-12 missiyasi tasvirlari SpaceX kompaniyasining X akkauntida jonli efirda namoyish etildi. Turkiyaning “Baykar” firmasiga qarashli ushbu sun’iy yo‘ldoshiga Ahmad Farg‘oniy nomi berilgan.
Farg‘oniy sun’iy yo‘ldoshining vodorod peroksidli kosmik dvigatelini yoqish sinovi o‘tgan yilning may oyida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. “Baykar” firmasining bosh direktori Selchuk Bayraktar, Farg‘oniyni sun’iy yo‘ldoshlar turkumlaridan iborat global joylashishni aniqlash tizimini qurish uchun qurganliklarini bildirdi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News