
- 2
- 14.06.2025 13:31:00
- 1 daq o'qish
Xorazmga xos “Tuxum barak” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur taomning o‘ziga xos tarkibi va qadimiy tayyorlanish usuli uning Xorazm madaniy-gastronomik merosining ajralmas qismi ekanini tasdiqlaydi.
Geografik ko‘rsatkich maqomi endi “Tuxum barak” nomini huquqiy jihatdan himoya qiladi va uni rasmiy hududiy brend sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.