
- 4
- 05.10.2023 07:26:00
- 1 daq o'qish
5-oktyabr kuni ertalab Yaponiya Meteorologiya agentligi Tinch okeanining g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan 6,6 magnitudali zilziladan keyin sunami xavfi haqida ogohlantirdi.
Balandligi 0,2 metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar sharqdagi Tiba prefekturasidan g‘arbdagi Kagosima prefekturasigacha cho‘zilgan hududga yetib borishi taxmin qilinmoqda, deb xabar berdi The Japan Times.
Zilzila soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 07:00) Izu orollari zanjiridagi Torisima yaqinida 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Sohilbo‘yi hududlarida va daryolar yaqinida yashovchi odamlarga balandroq yerga chiqish tavsiya etilmoqda.
- Nepal g‘arbida 3-oktyabr kuni 6,3 va 5,3 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘lgandi. Oqibatda 17 kishi jarohatlangan.
- 9-sentyabr kuni kechqurun Marokashda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Olis tog‘li hududlarda butun qishloqlar vayron bo‘lgani xabar qilindi. Zilzila qurbonlari soni ikki mingdan oshib ketdi.
- O‘zbekiston prezidenti zilzila qurbonlariga ta’ziya yo‘lladi.
Manba: daryo.uz