
- 3
- 26.11.2024 14:18:00
- 1 daq o'qish
Donald Tramp qurolli kuchlar safidagi barcha transgender harbiylarni ishdan bo‘shatishga olib keladigan farmon chiqarishni rejalashtirmoqda. Amaldagi harbiy xizmatchilar orasida 15 mingga yaqin transgender bor, ular tibbiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra xizmatga yaroqsiz deb topilgani uchun ishdan bo‘shatiladi.
Transgender shaxslar AQSH Qurolli kuchlarida xizmat qilish huquqini 2016-yil 30-iyunda qo‘lga kiritgandi. O‘sha paytda prezident Barak Obama tegishli farmonga imzo chekkan.