
- 6
- 18.03.2023 22:27:00
- 1 daq o'qish
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 21 mart kuni hibsga olinishini kutayotganini aytdi. Bu haqda siyosatchi Truth Social tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Trampning yozishicha, Manxetten okrugi prokuraturasidan «sizdirilgan» ma’lumotlardan u 21 mart kuni hibsga olinishi rejalashtirilayotganini bilgan. Prokuratura uni aynan nimada ayblayotganiga Tramp aniqlik kiritmagan. Siyosatchi o‘z tarafdorlarini norozilik namoyishlariga chiqishga chaqirdi.
«Norozilik bildiring, mamlakatimizni qaytarib oling!», deb yozgan u.
Manba: Xabar.uz