
- 1
- 03.05.2025 12:42:00
- 1 daq o'qish
Tramp 29-aprel kuni jurnalistlar bilan suhbatda Rip Papasi bo‘lishni xohlashini aytib hazillashgandi. Jurnalistlar undan katolik cherkovining navbatdagi rahbari kim bo‘lishi haqida so‘ragan.
“Men papa bo‘lishni xohlardim. Bu mening birinchi raqamli tanlovim bo‘lardi”, deya javob bergan Tramp hazillashib.
Bugun, 3-may kuni u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida o‘zi Rim papasi sifatida tasvirlangan suratni joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Fransisk 21-aprel kuni 88 yoshida insult sabab Vatikandagi qarorgohida vafot etgandi. Yangi Papani saylash saylovi 7-may kuniga rejalashtirilgan.