Tramp sud zalini tark etdi

Tramp sud zalini tark etdi
  • 3
  • 05.04.2023 10:20:00
  • 1 daq o'qish

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp sud zalini tark etdi. Bu haqda SNN xabar bermoqda.

Siyosatchining sudda ishtiroki taxminan ikki soat davom etdi.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘ziga qo‘yilgan 34 ta ayblovning birortasini ham tan olmadi.

Eslatib o‘tamiz, 4 aprel kuni tushdan keyin Tramp Nyu-Yorkdagi qarorgohini tark etib, Manxetten prokurori idorasiga keldi va u yerda rasman hibsga olindi.

Tramp o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni siyosiy ta’qib va saylovlarga aralashish deb baholadi. Avvalroq u 2024 yilda prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yish rejasini e’lon qilgan edi.

SNN xabariga ko‘ra, Donald Tramp ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 4 dekabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Manba: Xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News