Tramp Ukrainadagi tinchlik bilan jannatga kirishga umid qilmoqda

Tramp Ukrainadagi tinchlik bilan jannatga kirishga umid qilmoqda
  • 0
  • 20.08.2025 08:24:00
  • 1 daq o'qish

AQSH prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida vafotidan keyin jannatga tushishga umid qilayotganini va Ukrainadagi mojaroni tugatishga bo‘lgan urinishlari bunga yordam berishini aytdi. U Ukrainada har hafta 7 ming odam halok bo‘layotganini to‘xtatmoqchi ekanini ta’kidladi. 
Shuningdek, Tramp Hindiston va Pokistondagi mojaroda tinchlik o‘rnatganini, yadro urushining oldini olganini ma’lum qildi. 
So‘nggi paytlarda u tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olish istagini ham ochiqchasiga bildirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News