
- 1
- 02.07.2026 16:50:00
- 1 daq o'qish
AQSH prezidenti Donald Tramp 2025-yil kriptovalyuta loyihalaridan 1 milliard dollardan ortiq daromad oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning World Liberty Financial kompaniyasidagi ulushi unga 500 million dollardan ortiq foyda keltirgan. Shuningdek, Tramp memkoini bilan bog‘liq litsenziya to‘lovlari hisobidan yana 635 million dollar ishlab topgan.
Bloombergning qayd etishicha, kriptovalyutadan olingan daromad Trampning boshqa bizneslari tushumidan ancha yuqori bo‘lgan. Xususan, Florida shtatidagi Mar-a-Lago kurortidan 77 million dollar, Shimoliy Virjiniyadagi golf klubidan esa, 25 million dollar daromad olingan. Kriptovalyutadan olingan daromadlar Tramp ma’muriyatining raqamli aktivlarni qo‘llab-quvvatlash siyosati fonida jamoatchilik e’tiborini tortmoqda. Oq uy esa, manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi tanqidlarni rad etib, prezident o‘z aktivlarini bevosita boshqarmasligini ta’kidlagan.