☕️ Tramp Saudiya Arabistonida unga taklif qilingan qahvani ichmadi

  • 0
  • 14.05.2025 13:55:00
  • 1 daq o'qish

 

13-may kuni Tramp Saudiya Arabistonida shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashuv vaqtida unga taklif qilingan an’anaviy arab qahvasini ichmadi.
Arab urf-odatlariga ko‘ra, taklif qilingan qahvani rad etish, agar bunga asosli sabab bo‘lmasa, hurmatsizlik hisoblanadi. Trampning bu harakati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Uchrashuv davomida tomonlar Eron yadro dasturi, G‘azo mojarosi va energetika hamkorligi kabi masalalarni muhokama qilishdi. Shuningdek, AQSh va Saudiya o‘rtasida milliardlab dollarlik sarmoya va texnologik bitimlar imzolandi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News