
- 1
- 19.05.2026 10:59:00
- 1 daq o'qish
Donald Tramp Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilarining iltimosiga ko‘ra 19-may kuni Eronga rejalashtirilgan harbiy hujumni vaqtincha kechiktirganini bildirdi.
Uning aytishicha, hozir tomonlar o‘rtasida jiddiy muzokaralar davom etmoqda va yadroviy qurol masalasi bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati mavjud.
Tramp mudofaa vaziri Pit Hegset va AQSH Qurolli kuchlariga 19-mayga mo‘ljallangan hujumni amalga oshirmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u kelishuvga erishilmasa, keng ko‘lamli zarbalar berishga tayyor ekanini ta’kidladi.
AQSH prezidenti hujumlar ikki-uch kunga qoldirilganini aytib, “Agar masalani bombardimonlarsiz hal qila olsak, bu juda yaxshi bo‘lardi”, dedi. Ayni paytda AQSH va Eron o‘rtasida urushni to‘xtatish va yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.