Tramp amerikaliklarni o‘ldirgan muhojirlarni o‘ldishga chaqirdi

Tramp amerikaliklarni o‘ldirgan muhojirlarni o‘ldishga chaqirdi
  • 7
  • 12.10.2024 14:53:00
  • 1 daq o'qish

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp barcha xorijlik jinoiy guruh a’zolarini qamoqqa olish yoki deportatsiya qilishga va’da berdi. Shuningdek u muhojirlar Amerika fuqarolarini oʻldirgani uchun oʻlimga hukm qilinishi kerak, deb hisoblaydi. “Men Amerika fuqarosi yoki huquq-tartibot xodimini o‘ldirgan har qanday muhojir uchun o'lim jazosini qo‘llab-quvvatlayman”, dedi u 11-oktabr kuni Nevadada o‘tkazilgan mitingda.
Tramp, agar 5-noyabrdagi saylovda gʻalaba qozonsa, 1798-yilda qabul qilingan, ammo Ikkinchi jahon urushidan beri qoʻllanilmagan “Xorijiy dushmanlar toʻgʻrisida”gi qonunni amalga oshirishini aytib, shu kun “Amerika ozodligi kuni” bo‘lishini va’da qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News