Tramp 12 davlat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi

Tramp 12 davlat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi
  • 1
  • 05.06.2025 12:47:00
  • 1 daq o'qish

 

Donald Tramp 4-iyun kuni 12 mamlakat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlovchi farmon imzoladi. Bu qaror xavfsizlik chorasi sifatida qabul qilindi. Qaror  9-iyun kunidan kuchga kiradi. 

❗️Taqiqlangan davlatlar:
Afg‘oniston, Myanmar, Chad, Kongo, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Yaman.

❗️ Qisman cheklovli davlatlar:
Burundi, Kuba, Laos, Serra Leone, Togo, Turkmaniston, Venesuela.

❗️Istisnolar:
Diplomatlar, sportchilar, AQShda yashovchilar va ba’zi boshqa toifalar uchun cheklov yo‘q.

“Bizga zarar yetkazmoqchi bo‘lganlarning mamlakatimizga kirishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, dedi Tramp.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News