
- 0
- 09.08.2025 08:43:00
- 1 daq o'qish
AQSh prezidenti Donald Tramp 15-avgust kuni Alyaskada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishini e’lon qildi. Bu haqda u Truth Social’da ma’lum qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi potensial tinchlik kelishuvini, jumladan, hudud almashinuvini muhokama qilishni o‘z ichiga oladi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ham uchrashuvni tasdiqlab, asosiy e’tibor Ukrainadagi urushni uzoq muddatli tartibga solishga qaratilishini bildirdi. Uchrashuvdan so‘ng navbatdagi sammit Rossiyada bo‘lishi mumkinligi aytildi.