Tramp va Putin Alyaskada uchrashdi, ammo kelishuvga erishilmadi

Tramp va Putin Alyaskada uchrashdi, ammo kelishuvga erishilmadi
  • 0
  • 18.08.2025 08:04:00
  • 1 daq o'qish

Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki yarim soatdan ortiq muzokara olib bordi. Bu 2019-yildan beri ularning ilk shaxsiy uchrashuvi bo‘lib, Putinning Qo‘shma Shtatlarga 2015-yildan beri birinchi tashrifi bo‘ldi.
Muzokaralarda ikki davlat rahbarlari bilan birga tashqi siyosat vakillari ham ishtirok etdi. Sammit yakunida tomonlar hech qanday muhim kelishuvga erishmaganini bildirdi. Putin Ukrainadagi mojaroni fojia deb atab, uning sabablarini bartaraf etish zarurligini aytdi. Tramp esa mojaroni tezroq tugatish tarafdori ekanini, biroq hozircha kelishuv yo‘qligini ta’kidladi.

Rejalashtirilgan ishchi tushlik bekor qilindi. Uchrashuvdan so‘ng Putin sovet uchuvchilari qabriga gul qo‘ydi va qisqa uchrashuvlar o‘tkazgach Rossiyaga qaytib ketdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News