Tramp va Mask o‘rtasida urush boshlandi – Tramp-Mask ittifoqi parchalanmoqda! 

Tramp va Mask o‘rtasida urush boshlandi – Tramp-Mask ittifoqi parchalanmoqda! 
  • 0
  • 17.06.2025 08:49:00
  • 1 daq o'qish

 

So‘nggi kunlarda Donald Tramp va Ilon Mask o‘rtasidagi nizolar omma e’tiboriga tushgandi. Ilon Mask Tramp qo‘llab-quvvatlagan soliq va migratsiya qonun loyihasini keskin tanqid qilib, uni “jirkanch sharmandagarchilik” deb atadi. Shuningdek, Mask Trampning ismi Epshteyn hujjatlarida tilga olinganiga ishora qiluvchi bir post joylashtirdi lekin uni ko‘p o‘tmay o‘chirib tashladi. Tramp esa unga javoban Maskni “aqldan ozgan odam” deb atadi va u bilan umuman aloqalarni uzganligini ma’lum qildi. Shuningdek, Tramp tarafidan Maskning kompaniyalariga berilayotgan subsidiyalarni to‘xtatish bilan bog‘liq tahdidlar ham yangradi. Respublikachilar safida ham Maskka nisbatan tanqidiy munosabatlar kuchaydi. Ilon Maskning otasi esa bu mojaroni uzoq yillik asabiylik natijasi deb izohladi va bu tez orada o‘tib ketishiga umid bildirdi. Ammo ko‘rinib turibdiki, texnologiya va siyosat olamining ikki qudratli shaxsi o‘rtasidagi bu darz ketgan aloqalar osonlikcha tiklanmasligi mumkin.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News