Yuk mashinasi YPX avtomobiliga borib urildi

Yuk mashinasi YPX avtomobiliga borib urildi
  • 0
  • 23.07.2025 11:13:00
  • 1 daq o'qish

23-iyul kuni Ohangaron tumanida Gentra va Cobalt ishtirokida yengil YTH sodir bo‘lgan. Voqea joyiga kelgan YPX xodimlari Lacetti xizmat avtomobilini yo‘l chetiga, mayoqchalar yoqilgan holda qo‘yishgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi HOWO yuk mashinasi xizmat avtomobilining yon tomoniga borib urilgan.
YTH natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Har ikkala hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News