Trayfl

  • 10
  • 01.04.2024 14:34:00
  • 1 daq o'qish

Qishning sovuq kunlarida issiq choy bilan birgalikda mazza qilib yeyish uchun tez va oson tayyor bo‘ladigan Trayfl retsepti bilan bo‘lishmoqchimiz. Oila a’zolaringizga albatta tayyorlab bering va xursand qiling.🥰

🥝Masalliqlar:

Tuxum 3 ta;
Shakar 150 gr;
Sut 200 gr;
Yog‘ 80 gr;
Un 200 gr;
Kakao 100 gr;
Razrixlitel 1osh qoshiq;
Qaymoq 500 gr;
Quyiltirilgan sut 300 gr;
Banan 2 dona;
Kivi 2 dona;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

 Avval tuxumlarni chaqib, shakar, sut, yog‘ solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Keyin un va kakao solib, yana aralashtirib patnisga solib, 30 daqiqa davomida 180 gradusda pishirib olamiz.
Qaymoq va quyultirilgan sutni aralashtirib muzlatgichga solamiz.
Mevalarni tozalab, to‘g‘rab olamiz.
Tayyor bo‘lgan pirogni maydalab olamiz va chuqurroq idishga solamiz, ustidan tayyorlab olgan kremni quyamiz va meva bilan bezatib chiqib muzlatgichga 1 soatga qo‘yamiz.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News