
- 2
- 22.07.2025 08:24:00
- 1 daq o'qish


O‘zbekistonlik fuqarolar endilikda kruiz laynerlarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlik rahbariyati va Makedoniyaning Kouzon Corporation kompaniyasi ijrochi direktori Zoran Kochoski o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan va hamkorlik memorandumi imzolangan.
Hujjatga ko‘ra, ingliz tilini biladigan va xorijda ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar dunyo bo‘ylab harakatlanuvchi kruiz kemalarida rasmiy tartibda ishga joylashtiriladi.
Ish sharoitlari quyidagicha:
* Ish haqi dastlabki 6 oyda — 1200 AQSH dollardan boshlanadi
* Keyingi shartnomalarda — 4000 AQSH dollarigacha yetadi
* Har 6 oylik ish davridan so‘ng — 2 oylik ta’til
* Yashash va ovqat xarajatlari — kompaniya hisobidan
* Ishga chiqish uchun zarur bo‘lgan C1/D vizasi 45–90 kun ichida ish beruvchi tomonidan rasmiylashtiriladi
Ma’lumot uchun, Kouzon Corporation 28 yillik tajribaga ega bo‘lib, hozirda 18 ta davlatda faoliyat olib boradi va har yili 20 000–25 000 kishini ish bilan ta’minlaydi.