Toshkentga tramvay harakati qaytariladi

Toshkentga tramvay harakati qaytariladi
  • 7
  • 14.03.2025 08:34:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi doirasida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiya tashqi savdo va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazir-delegat  Loran Sen-Marten Toshkent tramvay tizimini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolashdi.
Toshkentda tramvay liniyalarini Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi qurishi rejalashtirilgan.

2016-yil 2-may kuni tramvaylar harakati to‘xtatilib, tramvayningi 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yilgandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News