Toshkent yer usti metrosining qator bekatlarida 3 kunga poyezdlar harakati to‘xtatiladi

Toshkent yer usti metrosining qator bekatlarida 3 kunga poyezdlar harakati to‘xtatiladi
  • 8
  • 27.10.2023 08:23:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarida qurilish ishlarining so‘nggi bosqichi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni yo‘nalishdagi mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida, 3-5-noyabr kunlari 3 kun muddatga, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining “Tolariq” (10-bekat), “Xonobod” (11-bekat) va “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Bu kunlarda “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar poyezdlar harakati “Texnopark” (Do‘stlik-2) — “Qiyot” (9-bekat) bekatlari oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, yo‘lovchilarga “Qiyot” (9-bekat) — “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

“Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishida ikki bekat oralig‘ida 2-oktнabr kuni poyezd harakati vaqtincha to‘xtatilgandi. 

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News