Avstraliyadagi poyezdlar poygasi

  • 7
  • 14.03.2025 10:44:00
  • 1 daq o'qish

Avstraliyada har yili vintaj parovozlarda drag-reysing musobaqasi o‘tkaziladi. Hunter Valley Steamfest festivali doirasida bo‘lib o‘tadigan poygalarda yo‘lovchilar bilan to‘la ikkita yoki to‘rtta poyezd Nyukasl va Meytlend shaharlari o‘rtasida 30 kilometrlik masofada bellashadi. Bitta poyezdga chipta salkam 35 dollar turadi.

Hunter Valley Steamfest - Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida, Hunter vodiysida har yili o‘tkaziladigan mashhur festival. U asosan temir yo‘l ishqibozlari uchun qiziqarli tadbir hisoblanadi.

Siz ham poygalashayotgan poyezda sayr qilishni xohlarmidingiz?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News