
- 0
- 09.07.2025 11:06:00
- 1 daq o'qish
Xitoyda yo‘lovchi issiq sabab poyezd oynasini sindirib tashladi. 3 soatga kechikkan poezdda konditsioner ishlamay qolgan. Vagon ichida harorat 38°C ga yetgan. Issiqlik va kislorod yetishmasligidan bezovta bo‘lgan yo‘lovchilardan biri o‘zini tuta olmay, deraza oynasini sindirdi.
Hodisa ortidan poyezd to‘xtatilgan va yo‘lovchilar boshqa vagonlarga ko‘chirildi. Rasmiylar voqeani tekshirmoqda.