
- 3
- 28.07.2025 15:36:00
- 1 daq o'qish
Germaniyaning Ridlingen shahri yaqinida yo‘lovchi poyezdi noma’lum sabablar bilan relsdan chiqib ketdi.
Hodisa sabab 3 kishi halok bo‘ldi, 34 yo‘lovchi og‘ir jarohat oldi. Zigmaringen – Ulm yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda taxminan 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Avvalroq, voqea joyida kuchli bo‘ron bo‘lgan va bu hodisaga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Germaniya kansleri Fridrix Merts qurbonlarning oila a’zolari, yaqinlariga ta’ziya bildirib, ichki ishlar va transport vazirlari bilan aloqada ekanini, favqulodda xizmatlar barcha zarur yordamlarni ko‘rsatishini bildirgan.
Hozir tergov davom etmoqda, poyezd vagonlari ag‘dirilgan, daraxtlar yiqilgan va hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.