
- 0
- 05.08.2026 19:01:00
- 1 daq o'qish
Polshada mast holatda bo‘lgan traktor haydovchisining xatosi sabab, poyezdagi yo‘lovchilarning hayoti xavf ostida qoldi. Qayd etilishicha, 67 yoshli traktor haydovchisi ogohlantiruvchi chiroqlar hamda poyezd mashinisti favqulodda bergan tormoziga qaramay temiyo‘l kesishmasiga kirgan. Natijada, poyezd traktorning somon ortilgan tirkamasiga borib urilgan. Zarba oqibatida somon bog‘lamlari atrofga sochilib, tirkama butunlay vayron bo‘lgan. Poyezd yo‘lovchilari orasida esa jabrlanganlar qayd etilmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.