
- 0
- 09.09.2025 08:40:00
- 1 daq o'qish
Meksikaning Atlakomulko shahriga yaqin sanoat hududida poyezd ikki qavatli avtobus bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, 61 kishi jarohatlandi. Qurbonlar orasida 7 nafar ayol va 3 nafar erkak bor. Og‘ir jarohatlanganlar zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. To‘qnashuvga avtobus poyezd o‘tayotgan vaqtda temir yo‘ldan o‘tishga harakat qilgani sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.