Toshkentda Tracker haydovchisi YPX xodimini urib yubordi

  • 1
  • 29.04.2025 14:01:00
  • 1 daq o'qish

23-aprel kuni ertalab Toshkent shahri Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida yo‘l harakati xavfsizligi inspektori avtomobil urib ketishi oqibatida tan jarohati oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tracker rusumli avtomobil haydovchisi harakatni tartibga solayotgan YPX xodimini urib yuborgan. Oqibatda inspektorning chanoq suyagi singani va tanasining turli qismlaridan jarohat olgani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News