Tovuqli lavash

Tovuqli lavash
  • 19
  • 14.11.2026 17:17:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
2 dona lavash xamiri
2 gr tovuq koʻkragi
3 osh qoshiq smetana va mayonez
1 sarimsoq
2 dona pomidor va bodring
1 dona piyoz
biroz kashnich
1 choy qoshiq tuz
yarimta aysberg karami


Tayyorlanishi:
Tovuq koʻkragini toʻgʻrab, qizigan yogʻda biroz qovuring. Qovurish jarayonida 1 choy qoshiq soya qoʻshing. Keyin yarim piyola suv solib, pasta olovda dimlab pishiring. Lavash sousi uchun, smetana va mayonezni yaxshilab aralashtiring. Keyin mayda toʻgʻralgan sarimsoq, shoʻr bodring va biroz murch qoʻshing. Tayyor boʻlgan sousni lavash xamiriga surting. Pomidor, bodring, piyoz va kashnichni somoncha shaklida toʻgʻrab, aralashtiring va biroz tuz qoʻshing. Sous ustidan tovuq goʻshti, uning ustidan toʻgʻralgan aysberg karami va pomidorli salatni qoʻying va xamirni lavash shaklida oʻrang. Tovuqli lavashni ikkala tarafini ham tovada qizartirib, keyin dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha 😍😍😍

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News