Kechki ovqat tayyor😋😋

Kechki ovqat tayyor😋😋
  • 17
  • 17.11.2026 11:46:00
  • 1 daq o'qish

Kerakli masalliqlar:
800–900 gramm go‘sht
2 dona rangli bulg‘or qalampiri
7–8 dona sarimsoq
3 dona piyoz
8–10 dona o‘rtacha kattalikdagi kartoshka
7–8 dona cherri pomidor
3 osh qoshiq tomat pastasi
0,5 litr suv
2 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq universal ziravor
100 gramm sariyog‘

Tayyorlanishi:
Masalliqlarni videoda ko‘rsatilganidek, ketma-ket gaz pechining patnisiga joylashtiramiz. Yarim litr suvga tomat pastasi, tuz va universal ziravorni solib, yaxshilab aralashtiramiz va masalliqlar ustidan quyamiz.
So‘ng sariyog‘ni bo‘laklarga bo‘lib, ustidan joylashtiramiz. Patnisning ustini pergament qog‘oz yoki folga bilan yopib, duxovkaning yuqori va pastki isitish rejimida 180 darajada 1,5 soat davomida pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News