
- 0
- 23.06.2025 08:12:00
- 1 daq o'qish
Turkiyada sakkizinchi qavatdan qulab tushgan rossiyalik model Olga dastlab vafot etib, keyinchalik tirildi. U Liparis Sunlife turar joy majmuasida tanishi bilan bahslashib boshidan zarba yeb, muvozanatni yo‘qotgan va balkondan qulab tushgan. 30 metr balandlikdan maysazorga tushgan Olga hushida bo‘lgan, ammo kasalxonaga olib ketilayotganda o‘lik deb e’lon qilingan, keyin esa, reanimatsiya bo‘limida o‘ziga kelgan. Uning bir nechta suyaklari singan, yuzi og‘ir jarohatlangan. Davolanishdan so‘ng u klinikani tark etib, Rossiyaga qaytgan.