
- 0
- 30.08.2025 11:05:00
- 1 daq o'qish
Keniyada ispaniyalik sayyoh fil xartumiga pivo quyayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keskin tanqidga sabab bo‘ldi. Hodisa Ol Jogi qo‘riqxonasida sodir bo‘lgan. Keniya Yovvoyi hayvonlarni himoya xizmati hodisa yuzasidan rasmiy tergov boshlanganini ma’lum qildi.