Ayollar o‘rtasidagi  “Tur de Frans” yakunlandi🚴‍♂️

Ayollar o‘rtasidagi  “Tur de Frans” yakunlandi🚴‍♂️
  • 10
  • 19.08.2024 15:04:00
  • 1 daq o'qish

12-18-avgust kunlari Fransiyada velosport boʻyicha ayollar oʻrtasidagi “Tur de Frans” koʻpkunlik turniri bo‘lib o‘tdi. Unda ilk bor yurtimiz nomidan “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi ishtirok etdi. Musobaqada startga chiqqan yurtdoshlarimiz orasida Yanina Kuskova turnirni yakunlay olgan 110 nafar ishtirokchi orasida 47-boʻldi. 

Bosh sovrin polshalik Katajina Nevyadomaga nasib etgan boʻlsa, niderlandiyalik Demi Vollering hamda Paulina Royyakers kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News