
- 1
- 18.03.2025 08:45:00
- 1 daq o'qish
16-mart kuni AQShning markaziy va janubiy shtatlarida kuchli tornado kirib kelishi ortidan 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Kanzasda chang boʻroni 50 dan ortiq transport vositasi ishtirokidagi avtohalokatlarini keltirib chiqardi. Kuchli shamol oʻrmon yongʻinlarining tarqalishini kuchaytirdi va bir nechta shtatlarda favqulodda holat eʼlon qilindi. Qurbonlar soni oshmoqda.
Ushbu fojia munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga taʼziya maktubi yo‘lladi.