
- 0
- 05.08.2025 08:30:00
- 1 daq o'qish
Italiyaning Adriatika dengizi sohilida ikki suv tornadosi bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lib, suv ustida raqsga tushgandek harakatlandi. Bu manzara sayyohlar va mahalliy aholining e’tiborini tortdi.
Tornadolar odatda issiq va sovuq havo oqimlari to‘qnashganda yuzaga keladi va ko‘p davom etmaydi. Hodisa oqibatida zarar ko‘rganlar haqida ma’lumot yo‘q.