
- 0
- 28.08.2025 11:03:00
- 1 daq o'qish
Kecha, 27-avgust kuni Ispaniyaning Valensiya shahrida har yili avgustning oxirgi chorshanbasida o‘tkaziladigan “La Tomatina” festivali bo‘lib o‘tdi. 1 soat davom etadigan ushbu “pomidor jangi”da 20 mingga yaqin odam ishtirok etadi va 120 tonnadan ortiq pishgan pomidor bir-biriga uloqtiriladi. Jang tugagach, ko‘chalar suv bilan yuviladi, pomidorning kislotasi esa shaharni tozalashga yordam beradi.