- 8
- 23.05.2023 12:50:00
- 1 daq o'qish
🥛Masalliqlar:
1 stakan yog‘;
1 stakan sut;
2 ta tuxum;
300 gr brinza;
1 bog‘ kashnich;
1 stakan madanli suv;
🫓Tayyorlanishi:
- Tuxumni chaqib, sut va yog‘ qo‘shib yaxshilab aralashtirib oling.
- Brinza va kashnichni to‘g‘rab, birga yaxshilab ezib olamiz.
- Patnisga tayyor yupqa xamirni ustma-ust yoyib, tayyorlangan aralashma va brinzalarni navbatma-navbat solamiz.
- Xamirni bo‘laklarga bo‘lib, madanli suvni quyamiz va tuxum sarig‘ini surtib, ustidan sedana sepib chiqib, pechkaga 30 daqiqaga qo‘yamiz.
Brinzali bo‘regimiz tayyor, issiq holatda dasturxonga tortishingiz mumkin!
Yoqimli ishtaha🤤