
- 4
- 13.05.2023 10:06:00
- 1 daq o'qish
Bugun tunda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Urugvayga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Ravshan Haydarov shogirdlari ayni damda jahon chempinatiga tayyorgarlikni ushbu mamlakatda olib bormoqda.
U-20. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
Urugvay — O‘zbekiston
14 may, 02:10 (Toshkent vaqti bilan)
«Sentenario» stadioni, Montevideo
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlari 20 may kuni mundialning ochilish o‘yinida mezbon jamoa — Argentinaga qarshi maydonga tushadi.
