- 8
- 16.06.2023 10:19:00
- 1 daq o'qish
🥬Masalliqlar:
200 gramm qaynatilgan tovuq;
1 piyola makkajo‘xori;
200 ml qaynatilgan no‘xat;
2 ta salat bargi;
1 kosa qatiq;
2 osh qoshiq mayonez;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- 200 gramm tovuq go‘shtini laxm joyini qozonga solib, qaynatib oling.
- Qatiqni mayonez va tuz bilan aralashtiring.
-Qatiq aralashmasiga no‘xat, salat bargi, makkajo‘xori va qaynatilgan tovuq go‘shti qo‘shing.
- Sog‘liq uchun foydali va to‘yimli salatimiz tayyor.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif:
Agar xohlasangiz, salatga maydalangan qizil bulg‘or qalampiri qo‘shishingiz va ustiga zaytun yog‘i sepishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha 🤤