
- 5
- 04.11.2023 09:36:00
- 1 daq o'qish
Ma’lum qilinishicha, bugun, 4 noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Bunga 1-IM qozonxonasi elektr ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yilishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Hokimlikga ko‘ra, o‘chirish “Hududiy elektr tarmoqlari”ning rejadagi ishlari bilan bog‘liq. Ish 4 noyabr kuni soat 05:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.
Issiq suvni o‘chirish quyidagi hududlarga ta’sir qiladi.
Yunusobod tumani:
- 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, S-2, S-4, S-5, S-6 mavzelari;
- Bodomzor, Ergashev, Osiyo, Niyozbek Yo‘li, Amir Temur, Asomov, Ahmad Donish, Bog‘ishamol, Murtazayev, Aripov ko‘chalari.
Olmazor tumani:
- Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5, S-22, G‘ofur G‘ulom, Taxtapul, Sebzor, S-17 /18 dahalari;
- Olmazor, Bobojonov, Qorasaroy, Baland, Abdurahmonov, Sag‘bon, Yolqin, Dadaboyev, O‘razboyev, Yunusov, Muxbir, Keles yo‘li, Noraztepa ko‘chalari.
Shayxontoxur tumani:
- Zulfiyaxonim, Bahor ko‘chalari;
- S-12, S-15, S-16 dahalari.
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- S-1, S-2 dahalari,
- Hamid Olimjon ko‘chasi.
“Issiq suv bilan ta’minlash elektr ta’minoti qayta tiklanganidan va 4-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so‘ng (taxminan 5 noyabr ertalabgacha) amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.