“Anhor” parkida rejalashtirilgan “Lenta-shou” bekor qilindi

“Anhor” parkida rejalashtirilgan “Lenta-shou” bekor qilindi
  • 4
  • 26.07.2024 16:32:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda 28-iyul kuni Toshkentdagi “Anhor” parkida osmondan lentalar yogʻilishi haqida video xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan holatni oʻrganib, parkdagi “Amfiteatr”da “lenta-shou” uyushtirilishi, bunda animatorlar tomonidan lentalarni aylantirib, tomosha koʻrsatilishi, “osmondan lentalar yogʻilishi” esa eʼtiborni jalb qilish uchun aytilganligi maʼlum boʻldi.

Bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi, ekologiya uchun zararli ekanligi tushuntirilib, oʻtkazilishi rejalashtirilgan “lenta-shou” bekor qilindi va blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar oʻchirildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News