
- 0
- 09.06.2025 14:00:00
- 1 daq o'qish
Mashhur bloger Xabi Leym AQSH immigratsiya qonunlarini buzgani uchun 6-iyun kuni Las-Vegas aeroportida hibsga olindi. Italiya fuqarosi bo‘lgan Leym 30-aprelda AQSHga kirgan, lekin viza muddati oshib ketgan edi. U o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishga ruxsat olgan va tezda ozod qilingan.
Xabi TikTok’ka videolarni 2020-yildan, pandemiya sabab ishsiz qolganidan so‘ng joylashni boshlagan. U videolarda oddiy harakatlar bo‘yicha murakkab maslahatlarni masxara qilib, oson yo‘llarni taklif qiladi. Uning TikTok'dagi akkauntida 162 milliondan ortiq obunachi bor.