
- 1
- 24.10.2026 15:52:00
- 1 daq o'qish
AQSHda 96 yoshli Lillian Droniak ismli ayol TikTok’da 15 million obunachi to‘plab, mashhur bo‘ldi. U ijtimoiy tarmoqlar orqali pul topadi va qariyalar uyidagi yashash xarajatlarini ham o‘zi to‘laydi.
Droniak videolarida kundalik hayoti, dugonalari bilan bazmlari va munosabatlarga oid maslahatlarini ulashadi. Uning qariyalar uyida bir oy yashash xarajati 10 ming dollardan oshadi. Yaqinda ayol dugonalari bilan tez-tez bazm uyushtirgani sababli qariyalar uyidan haydalish xavfi ostida qolgan. Muassasa ma’muriyati bilan kelishuvga ko‘ra, unga bazm o‘tkazishga ruxsat berilgan, biroq xonasida spirtli ichimliklar ichish taqiqlangan.
BBC ma’lumotlariga ko‘ra, ayol yirik kompaniyalar, jumladan, kosmetika brendlari bilan reklama shartnomalari orqali ham daromad qiladi. U topgan pulining bir qismini chevarasining ta’limi uchun jamg‘arib bormoqda. Videolarni suratga olish va montaj qilishda unga ba’zan nabirasi yordam beradi. Biroq roliklar g‘oyalarini Lillian Droniakning o‘zi o‘ylab topadi.