Erkak ikki yil davomida bronxida tish protezi bilan yashadi

Erkak ikki yil davomida bronxida tish protezi bilan yashadi
  • 1
  • 24.10.2026 13:31:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Sterlitamak shahrida shifokorlar erkakning bronxidan beshta tilla tish protezini olib tashladi.
Erkak doimiy yo‘tal bilan yurgan, ammo buni shamollash yoki yosh bilan bog‘lagan. Ahvoli yomonlashgach, shifokorga murojaat qilgan. Tekshiruvda uning nafas yo‘liga tish protezi tushib, bronxida tiqilib qolgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak taxminan ikki yil avval uxlayotganida protezini yutib yuborganini sezmagan.
Jarrohlar protezni olib tashlagan. Hozir bemorning ahvoli yaxshi, hayotiga xavf yo‘q.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News