O‘zbekistonda bloklangan TikTok soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

O‘zbekistonda  bloklangan TikTok soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
  • 8
  • 10.10.2023 09:07:00
  • 1 daq o'qish

TikTok PTE LTD kompaniyasi (Singapur) O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida qayd etilgan.

Endilikda xizmatlar uchun to‘lov 12 foiz QQSni o‘z ichiga oladi.

2021-yil iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2-iyul kuni esa ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi. 2022-yilning fevral oyida O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay bloklash taklif qilingandi.

2022-yilning 16-mart kuni O‘zbekistonda Twitter va TikTok VPN ilovalarisiz ishlay boshlagan. Biroq ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarga kirish yana cheklangandi. 2022-yil 25-mart kuni Skype O‘zbekistonda erkin ochila boshlagan edi. U ham TikTok va Twitter kabi fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga kiritilgandi.

Ayni paytda Shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrida faqat TikTok qolgan.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News