O‘zbekistondan uchgan uchta samolyot Moskvaga qo‘na olmay, zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirildi

O‘zbekistondan uchgan uchta samolyot Moskvaga qo‘na olmay, zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirildi
  • 4
  • 31.08.2023 09:22:00
  • 1 daq o'qish

Uzbekistan Airways’ning uchta samolyoti Domodedovo xalqaro aeroporti havo hududi yopilgani sababli Moskvaga qo‘na olmadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyotlarning ikkitasi Toshkentdan, yana biri Urganchdan Moskvaga uchgan bo‘lib, ular quyidagi zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirilgan:

  • HY611 reysi Samara xalqaro aeroportiga;
  • HY9615 reysi Qozon xalqaro aeroportiga;
  • HY9613 reysi esa Sankt-Peterburg xalqaro aeroportiga.

Aviakompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan. Domodedovo xalqaro aeroporti havo hududi nima sababdan yopilganiga aniqlik kiritilmagan.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News