Yaqin kunlarda uchta vazirlik “Yangi Toshkent”ga ko‘chadi

Yaqin kunlarda uchta vazirlik “Yangi Toshkent”ga ko‘chadi
  • 0
  • 11.06.2025 08:15:00
  • 1 daq o'qish

 

Yaqin kunlarda Qurilish, Ekologiya va Transport vazirliklari “Yangi Toshkent” hududiga ko‘chiriladi. Bu haqda Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Hozirda yangi va vaqtinchalik binolar qurilmoqda. Ko‘chish bosqichma-bosqich amalga oshadi. Xodimlar uchun maxsus avtobus yo‘nalishlari joriy etiladi. “Yangi Toshkent”da barcha davlat idoralari joylashishi rejalashtirilgan.
Bu tashabbus poytaxtdagi tirbandlikni kamaytiradi va shahar markazini yengillashtiradi. 

❗️“Yangi Toshkent” qurilishiga 2023-yil mart oyida start berilgan. Hozirgi Toshkent 43 ming gektar hududni egallaydi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News