Chinozda uch gektar yer yonib ketdi

Chinozda uch gektar yer yonib ketdi
  • 3
  • 22.06.2023 07:46:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent viloyati Chinoz tumanida uch gektar yer yonib ketdi.

Unga ko‘ra, 21-iyun kuni soat 20:43 da Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi fermerlar uyushmalarining biri hududida taxminan 3 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydoni yongan. Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:00 da yetib borib, yong‘in soat 21:15 da o‘chirilgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News